Pepsi kompaniyasi 125 yoshga to’ldi (tasavvur qiling). Shu munosabat bilan kompaniya kecha, 28-mart kuni rebrending e’lon qildi.
Brendning logotipi, qadoqlari va umuman, dizayn tizimi yangilandi. Bu 15 yilda birinchi o’zgarish. Yangi qadoqlar kuzda AQSh bozorida, butun dunyo tokchalarida esa 2024-yili chiqishi rejalashtirilgan.
Yangilanishning asosiy sababi – shakarsiz ichimliklarni targ’ib qilish. Shuning uchun ham qora va to’q ranglarga ko’p e’tibor qaratilgan (shakarsiz banka qora rangda bo’lgani uchun). Xatto Pepsi’ning asosiy rangi bo’lgan – ko’k rang ham endi to’qlashtirilgan. Endi ko’k rang elektrikdan ko’ra, yarim-tun(midnight)ga yaqinroq.
Yangi logotipda PEPSI yozuvi shrifti o’zgarib, katta harflar bilan yozilgan. Yozuv in-yan belgisining o’rtasiga joylashtirilgan, xuddi 80-yillardagi kabi. In-yan belgisining o’zi ham 80-90 yillar holatiga qaytarilgan.