1961 yilning 29 aprelida Leonidning sog’lig’ida salbiy alomatlar kuztildi: ko’ngil aynishi, baland isitma va qorin og’rig’i. 13 kishilik ekspeditsiya tarkibidagi yagona shifokor sifatida, Leonid o’ziga o’tkir appenditsit tashxisini qo’ydi. Yaqin atrofda unga yordam berish uchun hech qanday umid yo’qligini, noqulay ob-havo sharoitida uni zudlik bilan shifoxonaga eltib qo’yadigan samolyot topilishining ham ehtimoli kamligini hisobga olib, u o’zini o’zi operatsiya qilishga qaror qiladi.
30 aprel kuni kechasi u operatsiyani amalga oshiradi. Jarrohga asboblarni berib turishda meteorolog yordam bergan. Chiroqning yorug’ligini qoringa tushirish uchun muhandis-mexanik uning qorniga oyna tutib turgan. Chap tomonga qiyshaygan holda yotib, shifokor novokain eritmasi bilan o’ziga anesteziya qiladi, shundan so’ng skalpel bilan o’ng yonbosh qismida 12 santimetr joyini kesadi. Bir oynaga qarab, bir qornini ushlab ko’rib, yallig’langan appenditsitini olib tashlashga erishgan.
Manba: Aniq.uz