O'zbekistonlik o'quvchilar Xalqaro biologiya olimpiadasida ishtirok etish uchun Armanistonga jo'nab ketdi

2022 yilgi 33-Xalqaro biologiya olimpiadasi 10-18 iyul kunlari Armaniston davlatida o’tkazildi. Bunda dunyoning 64 davlatidan 256 nafar o’quvchi qatnashishi kutilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Terma jamoamiz tarkibi:

Aziza Abduvaliyeva – Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi o’quvchisi;

Azizbek Muxtorov – Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi o’quvchisi;

Bexruz Tursunov – Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani 142-IDUM o’quvchisi;

G’olibjon Sharifov -Buxoro viloyati Kogon tumani 3-maktab 9-sinf o’quvchisi.

Eslatib o’tamiz, mamlakatimiz terma jamoasi vakillari ushbu olimpiadada 1997 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda hamda hozirgi kunga qadar 3 ta oltin, 4 ta kumush, 9 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan.