Dunyo mamlakatlarida o’rtacha oylik ish haqi qancha ekanini bilasizmi? Mamlakatimizning jahon bo’yicha o’rtacha oylik maosh masalasida qaysi o’rinni egallashinichi?
«Daryo.uz» nashrida «Investorschool» saytiga asoslanib, 2017 yil hisob-kitoblariga ko’ra, dunyo mamlakatlarida o’rtacha ish haqi qanchaga teng ekanligi borasida ma’lumotlar taqdim etildi.
Statistikaga ko’ra, reytingga Shveysariya bitta ishchi uchun 3855 dollar natija bilan boshchilik qilmoqda. Undan keyingi o’rinlarni Norvegiya va Lyuksemburg tegishli ravishda 3781 dollar va 3565 dollar ko’rsatkichlari bilan egallagan. So’nggi pog’onani Zimbabve band etdi, ushbu mamlakatda o’rtacha oylik ish haqi 21 dollarni tashkil etadi.
O’zbekiston 157 davlat orasida oyiga o’rtacha 235 dollar ish haqi bilan 118-o’rinni egalladi.
Skrinshot: «Investorschool»