Hatto juda katta bo’lgan uylarda ham ba’zi vaqtda narsalarni qo’yishga joy topilmay qoladi. Kimlardadir esa zarur buyumlarini joylash uchun shkaf yoki polkalar yetishmasligi mumkin. Ammo vaziyatdan kelib chiqib, imkoniyat darajasida yechim topish mumkin, buning uchun biroz boshqacharoq o’ylab ko’rishning o’zi kifoya.
«Shkaf ichiga qizim uchun shinamgina burchak qilib berdim».
Foto: AdMe
«Ichidan kerakli mahsulotlarni olish oson bo’lishi uchun muzlatkich polkasiga aylanadigan patnis qo’yishning o’zi kifoya».
Foto: AdMe
«It uchun mo»jaz yotoqxona o’ylab topdik».
Foto: AdMe
«Shkaf qo’yishga joy yo’q bo’lgan kichik yotoqxonadagi ko’plab narsalarni krovat tagiga qo’yish mumkin».
Foto: AdMe
«Vannada polka uchun joy bo’lmasa, bir nechta karniz sotib olib, istalgan joyga qulay qilib o’rnatishning o’zi kifoya».
Foto: AdMe
«Uyni tozalashda ishlatiladigan buyumlarning yerda yotishini yomon ko’rganim sabab ularni devorga o’rnatilgan tutqichga ilib qo’ydim».
Foto: AdMe
«Qallig’imga pichoqlarning turishi yoqmagani sabab shunday ko’rinishda taxlab chiqdim. Menda tashkilotchilik bo’lmasa ham, buning uddasidan chiqa olganim uchun o’zim bilan faxrlanaman».
Foto: AdMe
«Taroqlar, soch yig’adigan zakolka va rezinkalar uyning turli burchaklarida yotishi g’ashimga tegdi. Ularning hammasini bir chemodanga to’pladim».
Foto: AdMe
«Turmush o’rtog’im menga qulay bo’lishi uchun devorga polkalar o’rnatib berdi. Avval ziravorlarning turli shkafda turishi juda ham noqulay edi».
Foto: AdMe
«Va nihoyat, ziravorlarni qaerga joylashni o’ylab topdim. Bu borada menga yelim va qisqichlar yordam berdi».
Foto: AdMe
«Rakovina tagidagi shkafdan samarali foydalanish uchun g’oya».
Foto: AdMe
«Otam kichik garajida narsalarni saqlash uchun eski bankalardan foydalanadi. Buning uchun u shiftga banka qopqog’ini vint bilan mahkamlagan».
Foto: AdMe
«Ziravorlarni shkafga qanday qilib sig’dirish mumkinligi haqida uzoq bosh qotirdim. Bankalar sotib oldim va ularning qopqog’ini ikki tomonli skotch bilan polkaning pastki tomoniga yopishtirib chiqdim».
Foto: AdMe
«Turmush o’rtog’imdan sovg’a. Endi tovalar shkafda ortiqcha joy egallamaydi».
Foto: AdMe
«Endi fen va men foydalanadigan boshqa vositalar bir yerda yig’ilib turadi».
Foto: AdMe
«Men singari aksessuarlarni yaxshi ko’radiganlar uchun bunday oynali shkaf ayni muddao».
Foto: AdMe
«Trubalarni berkitish uchun kompyuter stoli yasadim».
Foto: AdMe
«Vannamiz kichkinaligi sabab kosmetika vositalari qo’yiladigan polkaga joy yo’q. Shu bois patnis sotib oldim va barcha vositalarni unga joyladim».