Otabek Mahkamov kiyinish borasida mulohaza yuritdi 

Oxirgi paytlarda, ba’zi bir kiyim sohasi bo’yicha «divan ekspertlari» menga kiyinish va stil bo’yicha ulardan so’ralmagan maslahatlari bilan ko’plab izohlar qoldirishmoqdalar.

 

Fikrimcha, har birimiz qanchalik o’z ustimizda ishlab, o’z sohamiz bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lishimizga karamasdan, baribir, iloji boricha, did bilan kiyinishga harakat qilishimiz kerak. Chunki, ming aqlli va dono bo’lmaylik, lekin atrofdagilar tashqi ko’rinishimizga qarab, baho berishadi.

 

Bu borada, amerikalik yozuvchi Mark Tven shunday degan edilar:

«Har bir odamni kiyimi bezaydi. Odatda, kiyimsiz odam jamiyatda unchalik katta ta’sirga ega bo’lmaydi» – deb yozadi aktyor.