Tarixda birinchi marta “Oskar” mukofotidagi mashhur qizil gilamning rangi o’zgartirildi. Ma’lum bo’lishicha, qizil rang och qaymoqrang bilan almashtirilgan.
Qizil yo’lak birinchi marta 1961 yilda, “Oskar” mukofotining 33-taqdirlash marosimida tashkillashtirilgan. Yangi rang Vogue jurnali va yillik Meta Gala tadbirining ijodiy maslahatchilari tomonidan tanlangan. Shuningdek, yo’lakda mehmonlarni yomg’irdan himoya qilish uchun maxsus soyabon bo’ladi va tadbirdagi chiroqlar odatiy kunduzgidan kechkiga o’zgartiriladi.
95-taqdirlash marosimining boshlovchisi Jimmi Kimmelning so’zlariga ko’ra, bu o’zgarish Akademiyaning “qon to’kilmasin” degan istagini (2022 yilda Uill Smitning komediyachi Kris Rokning yuziga shapaloq urganiga ishora qiladi) ta’kidlaydi. Mukofotni topshirish marosimi 12 martdan 13 martga o’tar kechasi bo’lib o’tdi. Nominatsiyalar soni bo’yicha “Hammasi hamma joyda va bir vaqtning o’zida” komediyasi yetakchilik qilmoqda.