“Hindenburg Research” tadqiqot kompaniyasi taqdim etgan hisobotda hindistonlik milliarder Gautam Adanining “Adani Group” konglomeratini ko’plab moliyaviy qonunbuzarliklarda aybladi. Hisobot Adanining biznes imperiyasi qiymati bir kunda 12 milliard dollarga qisqartirdi, deb yozadi «Bloomberg». “Hindenburg Research” bu faqat boshlanishi ekanini iddao qilmoqda.
Tahlilchilarning aytishicha, hisobot aksiyalarni manipulyasiya qilish va buxgalteriya hisobidagi firibgarliklarga oid ikki yillik tergov natijasidir. Kompaniya, shuningdek, “korporativ tarixdagi eng katta firibgarlik” deb nomlangan ushbu harakatlar Hindiston konglomerati tomonidan o’nlab yillar davomida sodir etilganligini da’vo qilmoqda.
“Adani Group” bu ayblovlarni rad etadi va qonuniy harakatlarni tekshiradi. “Hindenburg Research” bunga javoban shu kabi harakat olqishlanishini aytdi, chunki kompaniya unga qarshi har qanday sud jarayoni asosga ega emasligiga ishonchi komil. “Hindenburg Research” tahlilchilari ilgari hech qachon Adani guruhi kabi yirik tuzilmalarni fosh qilmagan.
Gautam Adani kim?
Gautam Adani – biznesmen, Hindiston konglomerati hisoblangan “Adani Group” rahbari va nafaqat Hindiston, balki butun Osiyodagi eng boy odam. 2022 yil sentyabrida Adani «Amazon» asoschisi Jeff Bezosni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odamlari ro’yxatida ikkinchi o’ringa ko’tarildi. Shu bilan birga, 2022 yil boshida hindistonlik biznesmen milliarderlarning global reytingida 14-o’rinda qayd etilgan edi.
Hozirda Adani 113 milliard dollar boyligi bilan «Bloomberg» milliarderlar indeksida to’rtinchi o’rinni egalladi. Yil boshidan buyon tadbirkorning umumiy aktivlari qiymati 7,11 milliard dollarga kamaydi.