BILASIZMI…

 

Venerada bir kun Yerdagi 243 kecha-kunduzga teng. Bir yil Yerdagi 224, 7 kecha-kunduzdan iborat. Venerada kun yilga nisbatan uzun. Chunki u o’z o’qi atrofida juda sekin aylanadi.

Bu sayyoraga Rim muhabbat va go’zallik ilohasining ismini berishgan. Veneraga ilk bor 1962 yili «Mariner-2» fazo kemasi tashrif buyurgan.

Veneraning ustki qismi juda quruq va sayyora tekisliklar, tog’li hududlardan iborat. Veneradagi atmosfera bosimi Yerdagiga nisbatan 90 marta yuqori.

Venera osmonidagi bulutlar oltingugurt kislotasidan tashkil topgan. Shu sababli ular quyoshdan keladigan yorug’likning 65 foizini to’sib qoladi. Yorug’lik pastga tusha olmaydi.

Venera yorqinlik bo’yicha Quyosh va Oydan keyin uchinchi o’rinni egallaydi.

Venera Yerga boshqa sayyoralarga qaraganda ancha yaqin turadi.

Venera atrofini gazdan iborat bulutlar qurshab olgan. Aynan ular bug’li bosim yordamida sayyoradagi issiqlik darajasi yuqoriligicha qolishini ta’minlaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi