Olimlar tanani sovutuvchi matoni ixtiro qildilar

Xuachjun Fan va texnologiya universiteti olimlari ultrabinafsha nurlanishni aks ettirish va tana issiqligini yutishga qodir aqlli matoni ishlab chiqdilar. Tez orada u ommaviy ishlab chiqarilishi mumkin, deb yozadi Science jurnali.

Materialda titan dioksid nanopartikullari bo’lgan polilaktid va sintetik tolalar mavjud. Matoning qalinligi 0,55 millimetrga teng. Moddalarning kimyoviy xossalari tufayli u ultrabinafsha va infraqizil nurlanishni aks ettirishi va shu bilan birga foydalanuvchi tanasidagi issiqlikni tarqatib uni sovitishi mumkin.

O’z ixtirosini sinab ko’rish maqsadida olimlar yarmi aqlli matodan, ikkinchi qismi esa paxtadan tayorlangan nimcha tikdilar.

Ko’ngillilar ushbu nimchada bir soat davomida quyosh ostida o’tirishdi, shundan keyin uning tana harorati o’lchandi. Nano-mato ostida 31 daraja, paxta ostida esa 37 daraja ekanligiga guvoh bo’lishdi.

Ishlab chiquvchilar ushbu matoni yaqin orada seriyali ishlab chiqarishni boshlashmoqchi. Sovutish moslamasining narxi an’anaviy materiallardan tayyorlangan analoglarga nisbatan taxminan 10 foizga qimmatroq bo’lishi ta’kidlangan.