Please log in or register to like posts.
News

Chiroyli ayollar bilan (nomahramlar) munosabat erkaklarda stress holatini keltirib chiqaradi, bu esa o’z o’rnida gepatit, diabet va hatto impotensiya kasalliklariga sabab bo’lishi mumkin ekan. «Valensiya davlat universitetining olimlari shunday xulosaga keldi», deb xabar qiladi ladyportal.info.

Tadqiqot doirasida ular 84 talaba ustida tajribalar o’tkazibdi. Ishtirokchilarning har biri ikkita notanish, begona shaxs — erkak va ayol bor xonada sudoku o’yini vazifalarini yechishi kerak edi.

Tajribada ishtirok etuvchining qonidagi kortizol miqdorini kuzatgan olimlar qiziq holatlarni kashf etibdi. Xonada chiroyli (nomahram) ayol bo’lganida stress gormonining darajasi yuqori bo’lgan, biroq ayol xonani tark etganida gormon normal holatga tushgan. Agar notanish qiz xonaga qaytsa, talaba qonida kortizol miqdori yana oshib ketgan.

Tadqiqotchilarning xulosasiga ko’ra, chiroyli ayol bilan besh daqiqa yolg’iz qolish erkak qonida ko’p miqdorda kortizolning hosil bo’lishiga sabab bo’ladi ekan, bu esa stress holatidan darak beradi.

Kortizolning ko’payib ketishi hujayra metabolizmini ishdan chiqaradi va oqibatda diabet va gipertoniya kasalligi kelib chiqishiga sabab bo’lar ekan. Oz-oz miqdorda mazkur gormon organizmga ijobiy ta’sir qilishi mumkin: glyukozaning qonga yetib borishiga yordam beradi, ba’zi joylardagi qonning torayishi, ishtahani ochish hamda shamollashga va allergiyaga qarshi hususiyatlari ham bor.

Bunday natijalarni ko’rgan olimlar chiroyli qizlar bilan doimiy munosabatda bo’lish erkaklarning salomatligi uchun zararli ekanini e’tirof etibdilar

Manba: ayol.uz

loading…

Reactions

0
0
0
0
0
0
Already reacted for this post.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *