Tana haroratining o’zgarib turishi holatlarini ko’p kuzatamiz. Ammo uning chegarasi bormi? Odam organizmi necha darajagacha dosh bera olarkin?
1994 yilda Kanadaning Saskachevan provinsiyasida 2 yashar qiz 20 daraja sovuqda 5 soat qolib ketadi. O’shanda uning tana harorati 14,2 darajagacha tushgan edi. Qizcha qutqarib qolindi.
Umuman olganda, kattalarda tana harorati 16 darajagacha tushgani qayd etilgan. Biroq ko’pchilik haroratining 26-25 darajagacha tushishini ko’tarolmaydi. Jarrohlik amaliyotida bu ko’rsatkichni 8,8 darajagacha tushirish qo’llaniladi. Biroq tibbiy uskunalar organizmni bu holatdan xavsiz olib chiqadi.
Izohlarni ko`rish