image0

Joriy yilning 18-22 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari) hamda Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chishi mumkin.