Dam olish kunlari 22-24 fevral kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 23-24 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 22-23 fevralda 13-18 daraja iliq, 24 fevralda 15-20 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida 22 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 23-24 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 23-24 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22 fevralda 3-8 daraja iliq, 23-24 fevralda 5-10 daraja iliq, kunduzi 22 fevralda 17-22 daraja iliq, 23 fevralda 15-20 daraja iliq, 24 fevralda 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 23-24 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-23 fevralda 4-9 daraja iliq, 24 fevralda 7-12 daraja iliq, kunduzi 22 fevralda 17-22 daraja iliq, 23 fevralda 18-23 daraja iliq, 24 fevralda 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22 fevralda 0-5 daraja iliq, 23-24 fevralda 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 23-24 fevralda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.