Nimaga Xitoyliklar tayoqchalar bilan ovqatlanishadi?

Birinchidan, qadim zamonlarda xitoyliklar ovqatni qo’lda tanovul qilishgan. Bu gigiena qoidalariga to’g’ri kelmasdi va estetik jihatdan juda xunuk ko’rinardi. Lekin o’sha paytlarda Xitoyda tayoqchalar bo’lgan. Biroq ular ovqatni yeyish uchun emas, pishirish maqsadida ishlatilgan. Yarim metrli bambuk tayoqchalari qaynayotgan sho’rva ichidagi masalliqlarni tatib ko’rish maqsadida foydalanilgan. Keyinchalik ular 25 santimetrli tayoqchalarga aylantirilib, so’ng “kuaytsi” deb nomlangan ovqatlanish buyumi vujudga kelgan.

Birinchi tayoqchalar imperator oilasi va boshqa zodagonlarning stolida paydo bo’lgan. Ular oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun kumushdan qilingan. Bu metall ba’zi zaharli moddalar bilan aloqaga kirishganda qora rang hosil qiladi. Oddiy odamlar esa faqat V asrdan boshlab cho’plardan foydalanishni boshlagan. Unda esa cho’plar oddiy yog’ochdan tayyorlanadigan bo’lgan.