alohida ajralib turadi. Shu bilan birga, «Karago’z va Hajivat» soya teatri qahramonlari ishtirokidagi an’anaviy soya qo’g’irchoqlari chiqishi bolalar va kattalarni birdek hayratda qoldiradi.
Istanbulning muqaddas joylari bo’ylab ruhiy sayohat
Ramazon oyida Istanbulni o’ziga xos qiladigan yana bir jihat shaharning ko’plab muqaddas joylari bilan bog’liq. Bu muqaddas joylarning ayrimlarini sanab o’tamiz: Muhammad payg’ambarning sahobalari Xolid bin Zayd Abu Ayyub Al-Ansoriy qabri joylashgan Ayyub Sulton masjidi; Ramazonning birinchi ro’zasi ochiladigan Oruch Bobo qabri; Yahyo payg’ambarning qabri joylashganligi taxmin qilingan Yusha tepaligi va Yahyo afandi maqbarasi. Aya sofya, Moviy (Sulton Ahmet) masjidi va Topkapi saroyi kabi tarixiy joylar ham Ramazon oyida tashrif buyurish uchun maqbul tanlovlardir. Muhammad S.A.V. ning muqaddas yodgorligi bo’lgan “Hirqa-i Sharif”ni Ramazon oyi davomida Hirka-i Sharif masjidida ko’rish mumkin.
Hayit bayrami shukuhini Istanbulda his eting…
Istanbulda ibodatlar bilan o’tkazilayotgan sokin Ramazon oyi bilan vidolashish hayitning birinchi kunidagi hayit namozi bilan boshanadi. Istanbulda hayit kunlarida shahar aholisini keksalarni ziyorat qilish uchun yo’lda, bayramona liboslar kiyib, qutichalarda shirinlik yoki qandolat mahsulotlari ko’tarib ketayotlarini ko’rasiz.

Qarindoshlar yig’ilib oila davrasida bayramni nishonlagandan so’ng, bolalarni bayramona kayfiyatdan bahramand bo’lishlari uchun shahardagi istirohat bog’lari va ko’ngilochar maskanlarda tashkil etilgan sayllarga olib boradilar. Ramazon ruhida tarixiy joylar, an’anaviy tajribalar va ko’ngilochar tadbirlarni taklif etuvchi Istanbul, bu yilgi Ramazon oyida o’z mehmonlarini kutmoqda.