Futbol bo’yicha 20 yoshgacha bo’lgan o’yinchilar o’rtasidagi Osiyo Kubogi—2023 yarim finalida O’zbekiston terma jamoasi 15 mart, chorshanba kuni Janubiy Koreyaga qarshi o’yin o’tkazdi.
Uchrashuvning birinchi bo’limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo’limda ham har ikki jamoa vakillarida golga tortadigan qator vaziyatlar bo’ldi. Biroq asosiy vaqt yakuniga qadar darvozalar daxlsiz qoldi.
Asosiy vaqtda g’olib nomi aniqlanmagach qo’shimcha bo’limlarga murojaat etildi. Unda ham hisob o’zgarmadi va penaltilar seriyasiga navbat berildi. “Futbol lotereyasi”da omad o’zbekistonlik futbolchilarga kulib boqdi.
O’zbekiston finalda Iroq yoshlariga qarshi o’ynaydi. Final o’yini 18 mart, shanba kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo’lib o’tadi.
Izohlarni ko`rish