«Eney madaniyat yo’nalishi»
Turkiyaning Shimoliy Egey dengizidagi eng go’zal shaharlaridan biri bo’lgan Chanoqqal’a tashrif buyuruvchilarga bir qator unutilmas sarguzashtlarni taqdim etadi. Dunyoning eng qadimiy afsonalarini ham ilhomlantirgan ushbu qadimiy shahar, o’tmishning ulug’vorligini hozirgi kunga qadar benuqson yetkaza olgan arxeologiya va madaniy meros yo’nalishlariga ega. To’qqiz qatlamli va uzluksiz 3000 yillik tarixi bilan dunyoning eng muhim qadimiy shaharlaridan biri sifatida 1998 yildan buyon YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan Troya qadimiy shahri, tarixiy noyob hudud sifatida e’tiborni tortmoqda. Bu qadimiy shahar, ayni paytda Turkiyadan boshlangan Yevropa Kengashi tomonidan ro’yxatga olingan birinchi va yagona madaniy yo’l bo’lgan Eney (Aeneas) yo’lining boshlanish nuqtasidir. Troya va Antandros (Turkiya) arxeologik yodgorliklaridan boshlanib, Rimda (Italiya) tugaydigan Eney madaniy yo’nalishi bir nechta qishloq landshaftlari, tabiiy hududlar va arxeologik ob’yektlarni birlashtiradi. Ulardan ba’zilari o’ta mashhur bo’lib, YuNESKOning Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilgan. Zamonaviy sayohatchilar uchun uzoq va qiziqarli sarguzashtni va’da qiladigan Eney yo’liga yaqinroqdan nazar soling!
Marshrut besh davlatni va 21 bekatni qamrab oladi
“Evropa Kengashi Madaniy Marshrutlar” dasturi 1987 yilda makon va vaqt bo’ylab sayohatdan foydalanib, Yevropaning turli mamlakatlari merosi umumiy madaniy merosga qanday hissa qo’shishini ko’rsatish bilan boshlangan. Mifologik qahramon ham mashaqqatli sayohatni boshdan kechirgan Eney (Aeneas) madaniy yo’li hozirda 50 dan ortiq marshrutlardan biridir. Bugungi kunda yo’nalish Yevropa va O’rta Yer dengizining 5 ta davlatidagi 21 ta port orqali o’tadi. Turkiyaning Shimoliy-G’arbiy Egey dengizi qirg’oqlaridan boshlanib, Italiyaning Latium sohillarigacha cho’zilgan yo’nalish oltita YuNESKO merosi ob’yektlarini o’z ichiga oladi: Troya, Butrint, Delos, Etna vulqoni, Karfagen va Silento – Vallo di Diano. Shuningdek, u uchta milliy bog’ga ega: Ida tog’lari, Butrint milliy bog’i va Silento – Vallo di Diano milliy bog’i.
Eney yo’nalishi Turkiyadan boshlanib, Chanoqqal’a, Balikesir va Edirne viloyatlaridan o’tadi; Albaniya, Gretsiya, Tunis va Italiyani bog’laydi. Marshrut Troya urushi sodir bo’lgan deb aytiladigan Qadimgi Troya shahridan boshlanadi.
Troya: moziyga sayohat
Eney yo’nalishi tarix, arxeologiya va mifologiyaga qiziqqan sayohatchilarga juda ko’p narsalarni taklif qiladi. Turkiyadagi marshrutning boshlang’ich nuqtasi bo’lgan Troyaga qadam qo’yar ekansiz, mukammal geografiyani his qilishingiz mumkin. Troyaning arxeologik qoldiqlari tashrif buyuruvchilarni turgan joyida qulagan va qayta tiklangan sivilizatsiyalar tarixi bo’ylab qiziqarli sayohatga olib boradi. 2018 yilning «Troya yili» deb e’lon qilinishi va shaharning kirish qismida Troya muzeyining ochilishi bilan Chanoqqal’a, Troya shahrining noyob tabiiy boyliklari tufayli madaniyat va san’at markaziga aylandi. Troya sirlari haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lish uchun antik Troya shahridan teatr va hammomlar kabi behisob topilmalarni o’rganganingizdan so’ng, shaharning betakror san’at asarlari namoyish etilayotgan Troya muzeyiga tashrif buyurishni unutmang!