Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o’rinbosari Oleg Pekos Mastercard kompaniyasining Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasi bo’yicha prezidenti Dimitrios Dozis boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda tomonlar raqamlashtirish, kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash va O’zbekistonda IT-autsorsing markazlari, BPO va KPO sohalarini yanada rivojlantirishda hamkorlikni muhokama qildilar.
Shuningdek, Mastercard O’zbekistonda o’z vakolatxonasini ochish rejasini e’lon qildi, bu ularning mamlakat raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga qiziqishini ifodalaydi.
Izohlarni ko`rish