Vera Brejneva

Xonanda, aktrisa, televideniya va radio boshlovchisi, «VIA Gra» guruhining sobiq a’zosi, OIV / OITS bo’yicha BMTning xayrixoh elchisi bo’lgan Vera Brejneva o’z taronalari bilan ko’pchilikning qalbidan joy egallashga ulgurgan.

Mashhurlikka erishgan go’zallarning bolalikdagi qiyofalari

Opa-singil Bella va Jiji Xadidlar deyarli bir vaqtning o’zida dunyodagi barcha dizaynerlar va barcha podiumlar e’tiborini jalb qilishdi. Moda olamida aql bovar qilmas mashhurligi hamda beixtiyor raqobatchiligiga qaramay, ular o’zaro juda mehribon va mukammal ravishda bir-birlarini to’ldirib turishadi.

Mashhurlikka erishgan go’zallarning bolalikdagi qiyofalari

Irina Sheyk- jahon miqyosidagi rus supermodelidir. Yashil ko’zli bu go’zal o’zining mehnatsevarligi va taniqli kishilar bilan ishqiy munosabatlari tufayli tug’ilgan mamlakatidan tashqarida ham yaxshigina tanilgan. Sheyk zamonamizning eng taniqli supermodellaridan biridir.

Mashhurlikka erishgan go’zallarning bolalikdagi qiyofalari

Jennifer Lopes

Ajoyib ko’rinishga ega bu bug’doyrang sohibjamolning nomini bilmaydigan inson bo’lmasa kerak. U ijodiy faoliyatini raqqosa sifatida boshladi, keyin filmlarda rol o’ynay boshladi. Biroz vaqt o’tgach, Jenifer o’zini vokal san’atida sinab ko’rdi. Unga dunyo miqyosidagi shuhrat va mashhurlikni keltirgan narsa ham aynan qo’shiq edi. O’zining uzoq ijodiy biografiyasi davomida Lopez bir nechta albomlarini yozdi, bir qator mashhur filmlarda suratga tushdi. Ushbu aktrisa «Oltin globus» mukofotiga sazovor bo’lgan va muvaffaqiyatli ishbilarmon ayolga aylangan.

Mashhurlikka erishgan go’zallarning bolalikdagi qiyofalari

Julia Roberts

Julia Roberts taniqli aktrisa, Gollivudning romantik komediyalari va melodramalari yulduzidir. Uning yoshligidagi suratiga nazar tashlang:

Mashhurlikka erishgan go’zallarning bolalikdagi qiyofalari

Shakira

Kolumbiyalik qo’shiqchi, qo’shiqlar muallifi, raqqosa, musiqiy prodyuser, xoreograf va modellik faoliyatlari bilan shug’ullanuvchi maftunkor Shakira ham bolalak chog’ida juda yoqimtoy bo’lgan ekan.

Mashhurlikka erishgan go’zallarning bolalikdagi qiyofalari

Jizel Byundxen

Braziliyalik supermodel va aktrisa. 2004 yildan 2013 yilgacha u dunyodagi eng ko’p maosh oladigan model bo’lgan. 

Mashhurlikka erishgan go’zallarning bolalikdagi qiyofalari

Keyt Midlton

Kembrij gersogi Uilyamning rafiqasi. Keyt  Midltonning yoshligidagi suratiga nazar tashlab gersoginya tug’ma maftunkor ekanligiga guvoh bo’lish mumkin.

Mashhurlikka erishgan go’zallarning bolalikdagi qiyofalari

Sindi Krouford

Amerikalik supermodel, MTV boshlovchisi va taniqli aktrisa.

Mashhurlikka erishgan go’zallarning bolalikdagi qiyofalari

Klaudiya Shiffer

Shou-biznes va reklama dunyosida har kuni yangi yulduzlar porlaydi, ammo ularning ichida atigi bir nechtasi Klaudiya Shiffer singari omma yodida uzoq qola oladi. Uning bolalik suratiga boqib omad qurshovidagi ko’zlari porlab turgan qizaloqni ko’rish mumkin.

Mashhurlikka erishgan go’zallarning bolalikdagi qiyofalari

Alsu

Rossiyalik mashhur qo’shiqchi, teleboshlovchi va aktrisa Alsuning ijodi deyarli barchaga birdek sevimli. 

Mashhurlikka erishgan go’zallarning bolalikdagi qiyofalari

Beyonse

Beyonse yoki shunchaki Qirolicha B 9 yoshida katta sahnaga chiqib, mashhur pop triosining tarkibida shon-sharafga qarab yo’l olgan va keyinchalik yakkaxon tarzda o’z muvaffaqiyatini takrorlagan. Endilikda u eri, reper Jey-Zi bilan birgalikda  «Carters»ning a’zosi.

Mashhurlikka erishgan go’zallarning bolalikdagi qiyofalari

Anjelina Joli

Maftunkorlikda ko’pchilikni ortda qoldiruvchi go’zal aktrisa Anjelina Jolining yoshlik chog’idagi suratiga boqib, u bunday jozibador qiyofa uchun ota-onasidan qanchalar qarzdor ekanini faxmlash mumkin.

Mashhurlikka erishgan go’zallarning bolalikdagi qiyofalari