Turkmaniston har yili Transparency International xalqaro tashkiloti tomonidan tuziladigan Korrupsiyani qabul qilish indeksi-2017’da 180 o’rindan 167-pog’onada qayd etildi.
Markaziy Osiyo davlatlaridan: Qozog’iston 122-o’rin (2016 yilda – 131), Qirg’iziston 135-o’rin (2016 yilda 136), O’zbekiston 157-o’rin (2016 yilda 156), Tojikiston 161-o’rinda (151) qayd etilgan.
Reytingda birinchi o’rinni Yangi Zelandiya egalladi (89 ball), ikkinchi pog’onadan Daniya (88), uchinchi o’rindan Finlyandiya, Shveysariya va Norvegiya (85 balldan) joy oldi.
Reytingning so’nggi pog’onalarida – Suriya (14 ball), Janubiy Sudan (12 ball) va Somali (9 ball).
Korrupsiyani qabul qilish indeksi – turli mamlakatlarning davlat sektorida korrupsiyani qabul qilish darajasini baholovchi tarkibiy indeksdir.
Transparency International ushbu indeksni 1995 yildan beri har yili taqdim etadi. 2017 yil uchun indeks so’nggi ikki yilda (2016-2017) 13 manbadan olingan ma’lumotlar asosida hisoblab chiqilgan.
manba: kun.uz