Ko'p telefon ishlatish bolalarning tishiga zararli ekanini bilasizmi?

 

Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari 11–17 yoshdagi 900 nafar o’quvchi o’rtasida so’rovnoma o’tkazdi.

So’rovnoma natijasiga ko’ra, raqamli qurilmalardan tez-tez foydalanadigan o’quvchilar ovqat hazm qilishdagi muammolardan 1,1 baravar ko’p shikoyat qilgan.

Xususan, o’quvchilarning 31,0% i tish og’rig’i va kariesdan shikoyat qilgan, bu qurilmalardan kam yoki umuman foydalanmaydigan o’quvchilarga nisbatan 6,4% ga ko’p.