Bu qiziq

Koinotdagi eng qadimiy sayyoralardan biri aniqlandi

Комментариев нет

Astronomlar yoshi, taxminan, 9 milliard yilga teng deb hisoblanayotgan sayyorani aniqladi. Bu haqda Riversayddagi Kaliforniya universiteti saytiga tayanib «Korrespondent.net» xabar berdi.

TOI-561b nomli qaynoq va tosh qotgan superer boshqa ikkita sayyora bilan birga galaktikaning eng qadimiy yulduzi atrofida aylanadi. U Yerdan deyarli ikki barobar katta, biroq yorqin samo jismi atrofida aylanishi uchun unga yarim kundan kamroq vaqt kerak bo’ladi.

«Yerda ekanligingizning har bir kunida u o’z yulduzi atrofida ikki marotaba aylanadi», — deydi Kaliforniya universiteti astrofizigi Stiven Keyn.

TOI-561b yuzasidagi harorat Kelvin bo’yicha 2000 darajadan oshadi. Bundan tashqari, Keynning aniqlik kiritishicha, sayyora og’irligi Yerdan uch barobar ko’proq, ammo uning zichligi deyarli bir xil. «Bu hayratlanarli, chunki zichlik yuqori bo’lishini kutgandik. Bu sayyora juda qadimiy ekanligi to’g’risidagi farazlarga mos keladi», — deya qo’shimcha qiladi u.

TOI-561b, TOI-561c va TOI-561d nomli uchta sayyora TESS kosmik teleskopi yordamida aniqlangan.

«TOI-561b hozirga qadar aniqlangan tosh sayyoralarning eng qadimiysi hisoblanadi. Uning mavjudligi koinot qattiq sayyoralarni o’zi yaralganidan boshlab, 14 milliard yil oldin yaratganini isbotlaydi», — deydi Gavayi universitet xodimi va tadqiqot guruhi rahbari Loren Vays.

Qadimiy sayyoraning ochilishi kelajakda inson yashashi mumkin bo’lgan olamlarni qidirishda foyda berishi mumkin.

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Keskin ozish natijasida bir necha yoshga qarigan yulduzlar (foto)
Qalb tilga kirganda…
Меню