1. Hech qanday hakamsiz.
2. Tasavvur qilib bo’lmas hisoblar: 25:46.
3. Jamoadagi eng do’mboq o’yinchi darvozabon.
4. To’p egasi hech qachon darvozaga turmaydi.
5. Penalti faqat o’yinchi yerga yotib olib so’kinganda yoki baqirgandagina belgilanadi.
6. O’yin qorong’i tushguncha yoki to’p egasi arazlab uyiga ketib qolguncha davom etadi.
7. Darvoza bo’lishi shart emas, tosh yoki sumka bo’laveradi.
8. Hamma hakamlik qilaveradi. Baravariga «ruka» deb baqirilsa bo’ldi.
9. Ofsaydsiz o’ynaladi.
10. Forma bo’lishi shart emas.
11. To’pning ahamiyati yo’q. Arzon to’p yoki teshik to’p ham bo’laveradi.
12. Hamma o’ynaydi. Zahira bo’lmaydi.
13. Eng ko’p baqiradigan – to’pning egasi.
14. Penaltini to’p egasi tepadi.
15. To’p yangi bo’lsa, qattiq tepishga ruxsat yo’q.
16. Bir jamoada o’yinchi kam bo’lsa, muammo yo’q. “Ham varatar, ham o’yinchiman” qoidasi bor.
17. Hech qachon o’yinchilar simulyatsiya qilishmagan (ataylab yiqilmaydi).
18. Qo’shimcha vaqt oxirgi golgacha.
19. Kim to’pni uzoqqa tepsa, o’zi olib keladi (to’p egasidan boshqalar).
20. Aut – qachon to’p ariqqa tushsa yoki qo’shni uyga tushsa.
21. Penaltidan gol urolmaganni «xalq dushmani» darajasida yomon ko’rishadi.
Sizning yoshligingiz esga tushdimi?
Jobir Alixon
loading…