Masalaning diniy jihatini ilm ahliga qoldirgan holda, faqat tibbiy tomonlarini ko’rib chiqamiz. Ro’za tutishga monelik qiladigan bir nechta kasalliklar bor. Ular quyidagilar:
Davolab bo’lmaydigan kasalliklar yoki operatsiya o’tkazilishini va bemorning ovqatlanishini talab qiluvchi kasalliklar.
Doimiy ravishda dori ichish kerak bo’ladigan yurak-tomir tizimi, buyrak va jigar kasalliklari, shuningdek, qandli diabet.
Og’riq sindromi bilan birga kechadigan va muntazam ravishda og’riq qoldiruvchi dorilarni qabul qilishni talab etuvchi kasalliklar, masalan, oshqozon yarasi.
Ro’za tutish oqibatida o’tkirlashishi mumkin bo’lgan kasalliklar. Masalan, sil kasalligi yoki baland harorat bilan birga kechadigan kasalliklar.
Izohlarni ko`rish