Barno Nishonova «Kichkina tabib» filmidagi Nigora roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. Ammo uning rolga qanday tasdiqlangani haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo’q. Boisi u ancha yillardan buyon AQShda oilasi bilan yashaydi.
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi Munavvar Abdullayevaning bergan ma’lumotlariga ko’ra, Barno Nishonova fortepiano yo’nalishi bo’yicha tahsil olgan va bir muddat O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham ishlagan. Uning turmush o’rtog’i ham musiqa bilan shug’ullanadi. Ular bolalarga fortepiano chalish bo’yicha saboq berishadi. Barno Nishonovaning ikki nafar qizchasi bor.
Izohlarni ko`rish