Kelinning yoshi kuyovnikidan katta bo'lgan nikohlar eng ko'p qaysi viloyatda ekanligi ochiqlandi

Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo’yicha 5 501 ta qayd etilgan nikohlarda kelinning yoshi kuyovnikiga nisbatan katta bo’lgan.

Bu holat hududlar kesimida quyidagicha:

— Qoraqalpog’iston R. – 508 ta
— Andijon viloyati – 201 ta
— Buxoro viloyati – 568 ta
— Jizzax viloyati – 163 ta
— Qashqadaryo viloyati – 478 ta
— Navoiy viloyati – 192 ta
— Namangan viloyati – 212 ta
— Samarqand viloyati – 502 ta
— Surxondaryo viloyati – 478 ta
— Sirdaryo viloyati – 143 ta
— Toshkent viloyati – 468 ta
— Farg’ona viloyati – 306 ta
— Xorazm viloyati – 549 ta
— Toshkent shahri – 733 ta