1. Ma’lumotlarga qaraganda, har yili 7000 nafar amerikalik do’xtirlarning kasallik varaqasiga yozgan tushunarsiz yozuvi tufayli olamdan o’tarkan.
2. Saudiya Arabistonida umuman daryo yo’q.
3. Har kuni dunyoda 60 nafar odam millionerga aylanadi.
4. Odam uxlaganda, tanasi paralich holatga kiradi. Xudoyim uxlab yomon tush ko’rayotganda, noo’rin va xavfli harakatlarni sodir etib qo’ymasligimiz uchun shunday yaratgan bo’lsa kerak.
5. Dunyodagi eng uzun ildizli o’simlik Afrika fikusi hisoblanadi. Uning ildizi 120 metrgacha cho’zilib ketgan.
6. Sekinyurar deb atalgan jonivor -273 daraja sovuqda, +151 daraja issiqda ham o’lmaydi. Bundan tashqari, o’limga sabab bo’luvchi eng kuchli zaharni ham osongina hazm qilib yubora oladi.
7. Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, okean tubida jami 20 million tonna sof oltin bor. Yer yuzi aholisi esa shu kunga qadar atigi 161 tonna oltinni qazib olishga ulgurgan xolos.
8. Ispanlar dunyoning boshqa xalqlaridan farqli o’laroq kunduz soat 2: 00 da nonushta qiladi. Kechqurun soat 22: 00 da kechki ovqatni tanovul qilishga o’tiradi.
9. Xitoyda ko’rshapalakni omad elchisi sifatida e’zozlashadi. Shu sababli qimmatbaho idish va buyumlarga ham ko’rshapalak surati chizib qo’yiladi.
10. Ahmoqroq, kaltafahmroq odamni Janubiy Afrikada «Babun» deb atashadi. Bu so’z «Babuin» maymun turidan olingan.
Olimjon HAYIT tayyorladi