1. Kofe doni xomligicha quruq joyda bir yil saqlanishi mumkin. U o’z xususiyatini yo’qotmaydi. Agar qovurilgan donni quruq joyga berkitsangiz, ikki kunda kofening xususiyati yo’qqa chiqadi.
2. Finlyandiyada odatiy quyondan sal kattaroq quyonlar shahar ko’chalarini kezib yuradi, ko’chada yashaydi. Ular odamlardan umuman qo’rqishmaydi.
3. Toshbaqa bir tuxum qo’yganda, 200 donadan tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan toshbaqachalar jinsi havoga bog’liq. Agar sovuq bo’lsa, erkak, issiq bo’lsa, urg’ochi toshbaqalar dunyoga keladi.
4. Avstraliya fuqarosi albatta saylovlarda ishtirok etishi kerak. Agar ishtirok etmasa, u jarimaga tortiladi.
5. Otkrыtka Avstriyada o’ylab topilgan va ishlab chiqarila boshlangan.
6. Dunyoning biror mamlakatida belgiyalik muhojirni uchratmaysiz. Chunki bu mamlakatda yashash tarzi oliy darajada tashkil etilgan.
7. Bolgariyaliklar pensiya jamg’armasiga belgilangan miqdorda pul o’tkazmasa, pul o’tkazmagan oylar uchun jarima to’lashga majbur etiladi.
8. Angliyada 24 soatlik format qo’llanmaydi. Shu sababli inglizlar 20: 00, yoki 15: 00 kabi raqamlarni tushunishmaydi. Ularga vaqtni 8: 00, yoki 3: 00 ko’rinishida aytish yo so’rash kerak. Shundagina savolga javob olish mumkin.
9. «Kubik-Rubik» mashhur o’yinini vengriyalik ErnoRubik ismli shaxs o’ylab topgan. Bu o’yinning hozirgi kunga qadar sotilgan nusxasi 350 million donani tashkil etgan.
10. Germaniyada ketayotib ko’chada nemislardan «Falon yerga qanday borsa bo’ladi?», deb so’rasangiz, nemis shoshilmasdan kissasidan «Ayfon» smartfonini oladi, navigatsiyani yoqib, siz so’ragan manzilni topib aytadi. Keyin esa mashinasida o’sha yerga olib borib qo’yishni taklif qiladi.
nicetrip. kz/ru
Olimjon HAYIT tayyorladi