* * *
Uch yigit bir-biriga maqtanyapti.
Birinchisi: — Men o’tgan yili yuz metr tepalikdan dengizga o’zimni tashlaganman.
Ikkinchisi: — Be, shuyam gap bo’ldimi? Men o’tgan yili samolyotda ketayotib, umrimda birinchi marta o’n ming metr yuqoridan parashyutda sakradim.
Uchinchisi (ma’yus kulimsirab): — Men maoshdan orttirgan pullarimni dollardamas, so’mda saqlayman.
* * *
Erkak yashash joniga tegib, ko’prikdan o’zini daryoga otmoqchi bo’lib turgandi, kimdir orqadan kelib yelkasiga qo’lini qo’ydi va dedi:
— Mana shu mushukniyam o’zingiz bilan olib tushib keta qoling, iltimos!
* * *
Xotin kurortda dam olib qaytgach, eridan gumonsirab karavotlar-u, uning kiyimlari-yu, shkafdan tortib, idishlargacha tekshirib ko’rdi. Begona ayoldan qolgan izlarni, soch tolasini topa olmadi va eridan so’radi:
— Nima balo, endi kal ayollar bilan uchrashishga o’tdingizmi?
* * *
Arman radiosidan so’rashdi:
— Qanday erkakni dunyodagi eng baxtli erkak deb hisoblash mumkin?
— Xotini 8 martda tug’ilgan, to’ylari ham xuddi shu kuni bo’lib o’tgan erkakdan baxtlisi bo’lmasa kerak.
* * *
— Dugonajon, qanday qilib shunchaga oza olding? Parhez tutdingmi? Mengayam ayt!
— Ha, yangi parhez.
— Aytaqol mengayam!
— Kartoshka, sabzi!
— O’, buni nima qilish kerak? Qaynatib yeymi, qovuribmi?
— Yeyish kerak emas, kovlash kerak, dugonajon, kovlash kerak!
* * *
Xotin qo’shni ayolnikida laqillashib o’tirgandi. Yana eri qo’ng’iroq qildi. Ayol zarda aralash dedi:
— Namuncha qo’ng’iroq qilavermasangiz? Men qo’shni ayolnikidaman! Besh minutda chiqaman dedim-ku! Har yarim soatda qo’ng’iroq qilib xit qilaverasizmi?
* * *
Piyonistaning olti yashar o’g’li ko’chadan yugurib uyiga kirdi-da, onasiga dedi:
— Oyi, hushyorxona yonib ketibdi!
— Sen qaerdan bila qolding?
— Dadam ko’chada kelayotib, «Dushmanlarim yoqdi ona uyimni» deb ashula aytyapti.
* * *
Konservatoriyada imtihon ketyapti. Professor imtihon topshiruvchi yigitdan so’radi:
— Siz Chaykovskiyning sakkizinchi simfoniyasini eshitganmisiz?
Talaba (g’urur bilan): — Albatta eshitganman.
Professor (norozi bosh chayqab): — Afsus, imtihondan o’ta olmadingiz.
Talaba: — Nega?
Professor: — Chunki Chaykovskiy atigi oltita simfoniya yozgan.
* * *
Bolakay ko’chada onasiga qichqirdi:
— Oyi, qarang, men velosipedimni qo’lsiz haydayapman!
Oradan sal o’tmay, ortga qaytib keldi-da, onasiga yig’lamsirab qichqirdi:
— Oyi, qalang, velosipedimni tissiz haydayapman!
* * *
Yangi boyning besh yashar qizchasi oyisidan so’radi:
— Oyi, farishtalarning qanoti bormi?
— Ha.
— Ular ucha oladimi?
— Albatta. Nega farishtalar bilan qiziqib qolding? Tinchlikmi?
— Kecha dadam uy xizmatchimiz Tojinisa opani «farishtam» dedi. Tojinisa opa qachon uchadi?
— Ertagayoq uchib ketadi, qizim, ertagayoq!
Olimjon HAYIT tayyorladi