1. Ilon bir uyquga ketsa, uch yilgacha uyg’onmasligi mumkin.
2. «Google» kompaniyasi mutaxassislarining hisob-kitobiga ko’ra, dunyodagi mavjud kitoblarning umumiy soni 129 864 880 donaga teng ekan.
3. Kapalakning jami 120 000 ta ko’zi bor.
4. Chaqadigan oq pashshaning 22 ta tishi bor. Ammo ularni faqat mikroskop orqaligina ko’rsa bo’ladi.
5. Har qanday kuchga ega romantik muhabbat atigi bir yilgina davom etishi mumkin. Chunki odamning miyasi bunday kuchli tuyg’ularni o’zida bir yildan ortiq saqlab tura olmaydi.
6. «YouTube»ning videoroliklarini to’liq tomosha qilib chiqish uchun odamga 1000 yil kerak bo’ladi.
7. Odamning qo’llaridagi har bir barmog’i hayoti davomida 25 million marta egilib to’g’rilanadi.
8. Qadimda Messopotamiyada bemor vrachning aybi bilan o’lib qolsa, o’shav vrach ham o’limga hukm etilgan. Basharti bemor ko’r bo’lib qolsa, vrachning ham ko’zlarini o’yib olishgan.
9. Ma’lumotlarga ko’ra, 18-asrda Fridrix armiyasiga qarshi kurashgan rus askarlari Moskvaga delikates, noyob jonzot sifatida suvarak olib kelishgan. Bunga qadar Rossiyada suvarak umuman bo’lmagan ekan.
10. Suvaraklar yer yuzida 250 million yildan beri yashaydi va shu vaqt oralig’ida biror marta ommaviy qirg’inga uchramagan.
nz1. ru
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit