Jaziramada qovun yeyish kerakmi?

Shu kunlarda Respublikada, nafaqat O’zbekistonda, balki butun mintaqada jazirama issiq havo kuzatilmoqda. Aynan shu vaqtda O’zbekistonda poliz ekinlari, xususan, qovun-tarvuz g’arq pishgan payt bo’ladi.

Hozir har do’kon, ko’chada tarvuz-qovun sotayotganlarni ko’rasiz. Bir Sirdaryoniki, biri Qashqadaryoniki, yana biri Jizzaxniki… Mamlakatimizni turli hududlaridan. Ammo bu issiq havoda qovun yeyish mumkinmikan?!. Shu kabi savollar ko’p. Aslida xalqimizda «Qovun yesang sahar yeng – sahar yemasang zahar yeng» degan naql bor. Aslida bu gapda haqiqat bor. Qovunni issiqda yeb bo’lmaydi. Chunki qovun issiq havoda tez buziladi. «Atravleniya» bo’lib qolishingiz ehtimoli bor. Shuning uchun issiqda qolgan yoki yaqinda xarid qilingan qovunni iste’mol qilishdan tiyiling. Uni muzlatgichga yoki salqin joyda bir muddat saqlang.

Shuningdek, qovunni och qoringa yoki ovqatdan keyin yeyish mumkin emas, chunki hazmi nihoyatda og’ir mahsulot.

Shuningdek, qandli diabet, oshqozon yarasi kasalliklarining o’tkir turidan qiynalayotgan, shuningdek, homilador va emizikli ayollarga qovun yeyish man etiladi. Boshqalarga ham ovqatlanishlar orasida tanovul qilishga ruxsat bor. Zinhor och qoringa yoki ovqatlangandan so’ng yemang. Sababi, qovun «engil» yegulik bo’lib ko’ringani bilan hazmi nihoyatda og’ir mahsulot.

«Qovunni sovuq suv, sut-qatiq mahsulotlari, alkogol bilan aralashtirib bo’lmaydi. Chunki buning oqibatida oshqozon buzilishi hech gap emas, — deyishadi tibbiyot xodimlari.

Saqlashga keladigan bo’lsak, kesilgandan so’ng ortib qolgan qovunni xona haroratida saqlash noo’rin. Hammasini yeb qo’yishning iloji bo’lmasa, sovitkichga joylash zarur. Bunday vaziyatda ko’pi bilan 5 kungacha saqlashga ruxsat etiladi.