Sokin Total white – bir necha oylardan beri trend darajasiga ko’tarilgan obraz yaratish uslubidir. Uning asosiy belgisi faqatgina oq rangli liboslar va shu tusdagi aksessuarlardan iborat qiyofa yaratish sanaladi. Obrazning mukammal bo’lishi uchun liboslarning murakkab bichimli turlariga diqqat qarating.
Sokin ranglar
Sokin ranglar yoz faslining o’ziga hos belgisi va tashrif qog’ozi desak hato bo’lmaydi. Ular insonga musaffo, chiroyli va nafis ko’rinish beradi. Bundan tashqari ochiq ranglar issiqlik va quyosh nurini qaytaradi, tanani haddan tashqari qizdirib yubormaydi. Sokin ranglarni o’zaro uyg’unlashtirish esa ajoyib obrazlar yaratish uchun imkon beradi.
Qiziqarli bichimlar
Issiq kunlarda inson tanasi tor liboslar emas, keng bichimli liboslarga extiyoj sezadi. Ammu bu o’zingizga katta bo’lgan liboslar bilan qomatingizni to’laroq ko’rsatishga sabab yaratmasligi kerak. Keng libos tanlash davomida murakkab va qiziqarli bichimlarga diqqat qilsangiz, mazkur holatning o’rni to’ldiriladi.
Xashamatli ko’rinish
Yoz kunlari isib ketmaslik uchun shaffof, haddan tashqari yupqa va harir libos tanlash- to’g’ri qaror emas. Shuningdek, issiq xovurini pasaytirish maqsadida o’ta ochiq liboslar kiyish fikrini ham nari suring. Ushbu sifatlar qiyofaning hashamatli ko’rinishiga halal beradi. Bundan tashqari, Sharq ayollarining mentaliteti qanday faslda bo’lmasin liboslarning haddan tashqari ochiq bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Shunday ekan, shaffof ko’rinishdagi mato o’rniga sokin ranglardagi yupqa matoli liboslar tanlash tavsiya etiladi.