Olimlar Oyda o’simliklarni yetishtirishda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Buning uchun ular «Apollon» missiyasida Oydan olib kelingan tuproq namunalaridan yaratilgan sun’iy tuproqdan foydalandi.
Oyning tuprog’ida zaharli moddalar borligi aniqlangan. Uni hal qilish uchun mutaxassislar qo’ziqorin va chuvalchanglardan foydalanishdi. Birinchisi Oy tuprog’ida bo’lgan og’ir metalllarni o’ziga singdiradi, ikkinchisi esa organik materiallarning biologik parchalanishi va tuproqni oziq moddalar bilan boyitishda yordam beradi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, Oy tuprog’ida qo’ziqorin va chuvalchanglar qo’shilgan holda o’stirilgan o’simliklar yuqori natijalarni ko’rsatdi.
Tadqiqotlar davom etmoqda. Olimlar muvaffaqiyatli yetishtirilgan o’simliklarning tarkibini sinchkovlik bilan tekshirmoqda.