Ilse Kochning hikoyasi Holokostning dahshatli hikoyalaridan biridir…

Ilsa Koch Adren Gitlerning Byuxenvald kontslageridagi komendantlaridan biri Karl Kochni rafiqasi bo’lgan. Ilsa Koch eri bilan Byuxenvaldda yashagan, ammo odatdagi komendantning xotinining odatiy hayoti o’rniga u chin yurakdan fashistlar harakatiga qo’shilib, lager lashkariga aylangan (Aufseherin SS)

Ilsa o’z ishini chinakam sadistning g’ayrat-shijoati bilan bajarar, tez-tez otida lager atrofida aylanib yurgan va mahbuslarni (ba’zan o’limga qadar) shafqatsiz kaltaklagan. U terisini qiziqtirgan mahbuslarni tasodifiy tanlashni yoqtirardi. Keyin u tanlangan mahbuslarni o’ldirishni buyurib marhumlarni terisidan charm abajurlar, kitoblarni bog’lash va kiyim kabi jirkanch narsalarni yasashga buyurgan. Ayniqsa, u tez-tez ko’tarib yuradigan va inson tanasidan qilingan sumkasidan faxrlanar edi.