Tesla asoschisi Ilon Mask kompaniyadagi aksiyalarining bir qismini 1,1 milliard dollardan ko’proqqa sotdi. Financial Times (FT) ma’lumotlariga ko’ra, 10 noyabr kungi savdolar yakuniga qadar u Teslaning 2,3 milliard dollarlik aksiyalari bo’yicha opsionlardan foydalangan va ular uchun 13,4 mln dollar to’lagan.
Ma’lumotlarga ko’ra, ijro narxi har bir aksiya uchun 6,24 dollarni, savdolar yopilish chog’ida birja narxi bir aksiya uchun 1067,95 dollarni tashkil qilgan.
Tadbirkor 2016 yildan beri birinchi marta qimmatli qog’ozlarni sotgan. Keyin u 590 million dollar miqdoridagi daromad solig’ini to’lash uchun oxirgi marta aksiyalarini sotdi.
Ilon Mask Teslaning eng yirik aksiyadori bo’lib, u kompaniyaning taxminan 17% ga egalik qiladi, bu taxminan 200 milliard dollarga baholanadi.