Mask sobiq Twitter’ni pulli qilishni rejalashtirmoqda
Ilon Mask ilgari Twitter deb nomlangan X ijtimoiy tarmog’ini barcha foydalanuvchilar uchun pulli qilib qo’ymoqchi, deb xabar bermoqda BBC News.
Kecha Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan suhbatda milliarder platformaga pulli kirish botlarga qarshi turishning yagona yo’li ekanligini aytdi.
«Biz platformadan foydalanish uchun kichik oylik to’lovga o’tmoqdamiz», – dedi Tesla va SpaceX rahbari. Bu shunchaki noaniq izohmi yoki Mask oylik to’lovni joriy etishga qaror qildimi, hozircha noma’lum.
O’tgan yili Twitterni sotib olganidan beri Mask foydalanuvchilarni endi X Premium deb nomlangan kengaytirilgan xizmat uchun to’lashga undashga harakat qildi. Bunga pullik obunachilarga uzunroq postlar va platformada ko’rinishni oshirish kabi qo’shimcha funksiyalarni taqdim etish orqali erishildi.
Biroq, hozircha foydalanuvchilar X-dan bepul foydalanishlari mumkin. X Premiumdan foydalanish hozirda AQShda oyiga 8 dollar turadi. Narx abonent joylashgan mamlakatga qarab o’zgaradi.
Biroq, X ijtimoiy tarmog’iga pullik kirishni taklif qilish orqali u foydalanuvchilarining ko’pini yo’qotish xavfi mavjud. Bu esa, o’z navbatida, hozirda kompaniya daromadining katta qismini tashkil etuvchi reklama daromadining pasayishiga olib kelishi mumkin.