Hozir qaerdasiz?!

Shogirdlari Konfutsiydan hech qachon charchamasligi va hamisha kayfiyati yaxshi bo’lishining sababini so’rashganida u shunday javob bergan:

-Men bir joyda turgan bo’lsam – turaman, yurib ketayotganimda – yuraman, yugurib ketayotganimda – yuguraman.

Shunda shogirdlari: – Axir bizlar ham shunday qilamiz-ku – deyishgan.

-Yo’q, – debdi Konfutsiy

– sizlar bir joyda turganingizda, xayolingizda allaqachon qaergadir yurib ketayotgan bo’lasiz;

– qaergadir ildam qadam tashlab yurib borayotganingizda, xayolingiz shoshib yugurib ketayotgan bo’ladi;

– yugurib borayotganning xayoli esa allaqachon borayotgan manzilida bo’ladi.

Bunday inson hamisha ertangi kun qayg’usi bilan yashab, bugungi kunining na mazasini va na yaxshiligini anglashga vaqti yetmay, hayotdan yashamay o’tadi. U hayotni tashqarisidan aylanib o’tib ketadi.

 

 

Manba: @Tafakkur3