“Haj – 2022” dasturi doirasida ziyoratchilarimiz shu yil 14 iyul–4 avgust kunlari yurtimizga qaytib keladi. Bu haqda O’zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.
O’zbekistonga qaytuvchi hamyurtlarimiz o’z parvozlarini Jidda shahridan O’zbekistonning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Urganch va Nukusda joylashgan xalqaro aeroportlarga amalga oshiradi. Unda jami 12 mingdan ziyod yo’lovchi tashish reja qilingan.
️“Haj – 2022” tadbirining uzluksiz va tartibli o’tkazilishida “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatidan jami 70 ga yaqin malakali uchuvchi va 260 ga yaqin bortkuzatuvchisi jalb etilgan. Ushbu yo’nalishdagi aviaqatnovlar «Boeing 767» havo kemalarida amalga oshiriladi. Yurtdoshlarimizga havo sahnida turli taom va ichimliklar taklif etiladi.