image0

Hindistonlik millioner, biznes-magnat Ratan Tata 86 yoshida Mumbayda vafot etdi, o‘limidan keyin u boyligining katta qismini itiga meros qoldirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “People Talk” xabar berdi.

Qayd etilishicha, millionerning hech qachon oilasi va farzandlari bo‘lmagan. O‘limidan ikki hafta o‘tgach, u boyligining katta qismini (118 million dollar) sevimli iti — Tito laqabli nemis ovcharkasiga, bir qismini esa bosh yordamchisi Konar Subbiahga hamda oshpazi Rajan Shouga vasiyat qilgani ochiqlandi. Tata mulkining juda kam qismini aka-uka va opa-singillariga qoldirgan.

Hindistonlik millioner boyligini itiga meros qoldirdi1

Ratan Tata o‘z vasiyatnomasida uning uy hayvoniga “cheksiz g‘amxo‘rlik qilish” shartligini ko‘rsatgan. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, uning iti o‘limigacha Ratanning yonida bo‘lgan.

Hindistonlik biznesmen butun umri davomida hayvonlarga nisbatan o‘zining rahm-shafqati va mehri bilan ajralib turgan. “Tata Group” shtab-kvartirasidagi darvozabonlarga hech qachon qarovsiz hayvonlarni orqaga qaytarmaslik kerakligi aytilgan. Ratanning yaqin do‘sti Suhel Setning so‘zlariga ko‘ra, Titoga g‘amxo‘rlik qilayotgan yordamchi va oshpazga qoldirilgan mablag‘ miqdori juda katta:

“Endilikda ular umri davomida hech qachon ishlashga majbur bo‘lmaydi”, deydi tadbirkorning do‘sti.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Tatani “biznes lideri, rahmdil inson va buyuk shaxs” deb atagan.

Ma’lumot uchun, Ratan Tata 1937 yilda Mumbayda tug‘ilgan. U yoshligida me’mor bo‘lishni orzu qilgan va AQSHda yashab yurgan paytida uni tarbiyalagan buvisi uyga qaytib, oilaviy biznesda ishlashni iltimos qilgan. Shunday qilib, Tataning TISCO nomli tuz va po‘lat ishlab chiqaruvchi kompaniyasidagi faoliyati boshlangan. 1991 yildan boshlab Tata oilaviy biznesni boshqara boshladi va yillar davomida korxona 100 dan ortiq kompaniyalarni birlashtirgan yirik korporatsiyaga aylandi. Tata 2024 yil 9 oktyabrda Mumbaydagi shifoxonada vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyalik mashhur kinoyulduz Alen Delon o‘z vasiyatiga ko‘ra, 35 ta iti ko‘milgan cherkovga dafn etilgandi. Aktyor hayoti davomida 50 ga yaqin itga ega bo‘lgan va hayvonlar huquqlarini faol himoya qilgan.