Hindistonda dinozavrning hayratlanarli qoldiqlari topildi (foto)

Hindistonda dinozavrlarni eslatuvchi hayratlanarli qoldiqlar topilgan. Aynan tananing ko’rinishi dinozavrning xuddi o’zginasi.

Hindistonda dinozavrning hayratlanarli qoldiqlari topildi (foto)

«Daily Mail»ning xabar berishicha, tana Uttarakhand shtatining Jaspur qishlog’ida topilgan. Ushbu qoldiqni navbatdagi tozalash ishlarini olib boruvchi elektriklar topishdi. Qoldiqlarni ko’rganlar uni dinozavrdan boshqa biror bir jonzotga qiyoslay olishmagan. Bu dinozavr juda kichik bo’lgani ko’rinib turardi.

Hindistonda dinozavrning hayratlanarli qoldiqlari topildi (foto)

Ehtimol u hali ulg’ayishga ulgurmay o’lgandir, degan taxminlar ham yo’q emas. Topilgan mavjudotning uzunligi bor-yo’g’i 28 smni tashkil etadi, xolos.

manba: Daily Mail