image0

O‘zgidromet 25-27 noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 noyabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 26-27 noyabrda kechasi 1 daraja sovuq-4 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 noyabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 26-27 noyabrda kechasi 1 daraja sovuq-4 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq, 26 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 27 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida  25 noyabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 26-27 noyabrda kechasi 1 daraja sovuq-4 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 noyabrda 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq, 26-27 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 25 noyabrda 15-20 daraja iliq, 26-27 noyabrda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 26-27 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.