O‘zgidromet 6-8 yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 7 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 8 yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 yanvarda kechasi 2 sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 7 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 8 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida 6 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 7 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 8 yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7 yanvarda kechga tomon ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 8 yanvar kechasi va ertalab ba’zi joylarga qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 6-7 yanvarda kechasi 3 sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq 8 yanvarda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand viloyati Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 6-7 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 yanvar kechasi va ertalab qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 6-7 yanvarda 3 sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 iliq, 8 yanvarda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 6-7 yanvarda 7-12 daraja iliq, 8 yanvarda 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 7-8 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 6 yanvar 2-7 daraja iliq, 6 yanvarda 2-7 daraja iliq, 7-8 yanvarda 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 6 yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq 7 yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 8 yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.