Germaniyadagi axlat qutisidan XVII asrga oid ikkita rasm topildi. Bu haqda Kyoln politsiyasi xabar berdi.
Dastlabki tekshiruv shuni ko’rsatdiki, bu gollandiyalik rassom, Rembrandtning o’quvchisi Samuel van Gogstraten (1627-1678) o’g’il bola portreti (sanasi noma’lum) va italiyalik Pietro Bellotining (1627-1700) avtoportreti, 1665 yilda chizilgan. Ikkala rasm ham ramkaga solingandi.
Suratlarni may oyida avtoturargohda to’xtagan 64 yoshli erkak topib olgan. Keyinchalik ularni politsiyaga topshirgan.
Bugungi kunga kelib, Kyoln politsiyasi rasmlarning egasini qidirmoqda va ular qanday qilib axlatxonaga tushib qolishganini aniqlamoqda.
Izohlarni ko`rish