Tarixi

Miloddan avvalgi 10-1 asrlarda Monako hududida finikiy, keyinroq yunon manzilgohlari bo’lgan, Miloddan avvalgi 1-asrda Monakoda rimliklar, keyinchalik arablar, milodiy 11-asrning 2- yarmida genuyaliklar hukmronlik qilgan. 1419 yildan Monako mustaqil knyazlikka aylangan, 1524 yildan esa Ispaniya, 1961 yildan Fransiya protektorati hisoblangan. Fransiya inqilobi natijasida Monakoda knyazlik hokimiyati ag’darilib, mamlakat Fransiyaga qo’shib olingan. 1814 yilgi Parij sulhi Monako knyazligini tikladi, Vena kongressi qarori bilan Monako Sardiniya qirolligi protektoratiga aylandi. 1993 yildaMonako BMTning teng huquqli azosiga aylangan. 

Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

Diqqatga sazovor joylari

Monako knyazi saroyi

Yevropa monarxlaridan farqli ravishda Monako knyazlari700 yildan beri o’z qarorgohlarini o’zgartirishmagan. Bugungi kunda knyaz va uning oilasi aynan shu yerda iste’qomat qiladi. 

Odatda saroy degan so’zni eshitganingizda ertaklardagi kabi haybatli binoni tasavvur qilasiz. Ammo Monako saroyining ko’rinishi bundan biroz farq qiladi. U qo’shni Ispaniya va Italiya arxitekturasidan ilhomlangan holda qurilgan. 

Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

Monako-Vill shahri

Knyazlikning qadimiy poytaxti bo’lmish Monako-Vill shahri Sent-Antuan qoyasida joylashgan bo’lib, bu yerda 11 ta qadimgi binolar ham bor. Hududda turistlar knyazlik saroyining tarixiy arxivi, Qadimgi Monako muzeyi va Mum haykallar muzeyi bilan tanishishlari mumkin.

Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

Monte-Karlodagi yapon bog’i

Shahardagi yapon bog’i ham diqqatga sazovor maskanlardan biri hisoblanadi. Monako tabiati va iqlimi mo’tadil bo’lgani uchun Yaponiyadan olib kelingan o’simliklar bu yerda juda chiroyli bo’lib o’sadi. Bog’ tabiat bilan yolg’iz qolishni istaganlarga hush kelishi aniq.

Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

La-Kondamin

Bu Monakodagi yana bir qadimiy tuman bo’lib, uning asosiy maskanlaridan biri bandargoh qismi sanaladi. Hududda qadimgi saroylar ham, biznes-kvartallar, banklar, butiklar ham bor. 

Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

Shaxzoda Rane III ning avtomobillar muzeyi

Fonveyning eng asosiy joylaridan biri – Rene III ga tegishli bo’lgan qadimgi avtomobillar joylashtirilgan savdo markazi sanaladi. Ushbu kamyob retro avtomobillar mazkur soha ishqibozlarini es hushidan ayiradi. 

Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

Qiziqarli ma’lumotlar

Monako knyazligi dunyodagi eng kichik mamlakatlar qatorida Vatikandan keyin ikkinchi o’rinda turadi.

Monakoning umumiy maydoni 2 kvadrat kilometrga teng.

Monako knyazligi o’ta kichik ammo farovon mamlakat.

Monakoda iste’qomat qiluvchi har beshinchi odam –xorijlikdir.

Agar Monakodagi sulola biror sabab bilan yo’qolib ketsa, davlat boshqaruvi Fransiyaning qo’liga o’tadi.

Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

Knyazlikni tashqi dushmanlaridan Fransiya himoya qiladi.

Monakoda faqatgina bitta universitet bor.

Knyazlikning butun hududi bo’ylab kuzatuv kameralari o’rnatilgan.

Monako knyazligining tarixi 1215 yildan boshlangan.

Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

Monako Yevroittifoq tarkibiga kirmaydi.

Mamlakatda o’rtacha umr davomiyligi 90 yilni tashkil qiladi.

Monakoning tub aholisi davlatga soliq to’lashdan ozod qilingan.

Bir so’z bilan aytganda Monakoni shahar-mamlakat deya atash mumkin.

Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar