image0

O‘zgidromet ertaga, 17 sentyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ertalab ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi.