Alborz provinsiyasining atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig’i Majid Dargi Karajdagi qo’riqlanadigan bog’da tug’ilgan Afrika oq sheri butunlay sog’lom ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi IRNA.
Bu – Dena ismli sherning birinchi bolasi. Uning ismi Sana.
Rasmiyning aytishicha, ikki oq sher uch yil avval Janubiy Afrikadan Alborz provinsiyasiga olib kelingan.
Yangi tug’ilgan sherning ahvoli yaxshi, ammo onasi kutilmaganda uni emizishdan bosh tortgan. Ayni paytda bog’da tajribali veterinar shifokorlar qo’lida ovqatlantirilmoqda.
Izohlarni ko`rish