Kunlarning birida qurbaqalarning to’dasidan ikki qurbaqa chuqurlikka tushib ketibdi.
Barcha qurbaqalar chuqurlik tepasida jamlanib olib, «Bo’ldi endi, shu yerda o’lib ketasizlar, hadeb sakrayverishdan foyda yo’q» der edilar. Uzoqqa bormay ikki qurbaqaning biri qo’rquv va qattiq tushkunlik oqibatida nobud bo’ldi.
Ikkinchi qurbaqa esa tinmay sakrashda davom etar edi. Har safar sakraganda, ilgarigisidan balandroq sakrar edi. Ammo, yuqoridagi qurbaqalar hamon : «Bo’ldi qil endi, foydasi yo’q» deb takrorlar edilar.
Ko’p o’tmay boyagi qurbaqa chuqurdan chiqishga muvaffaq bo’ldi. Tepadagi qurbaqalar qattiq taajjubda undan so’rashibdi: «Qanday buni uddalay olding ?!»
U jim turardi. Keyin bilsalar, uning quloqlari eshitmas ekan.
Har safar uni sakrashdan qaytarganlarida, qo’llab-quvvatlamoqdalar deb o’ylab, bu mushkul ishning uddasidan chiqqan ekan.
«Balki, eng zo’ri bo’lishingizga insonlarning siz haqingizdagi gaplari to’sqinlik qilayotgandir…
Tafakkur qiling.