Energiya resurslarini talon-toroj qilinishini oldini olishda jamoatchilik nazoratini yo’lga qo’yish maqsadida maxsus Telegram-bot ishlab chiqildi. Bu haqda Bosh prokuraturaning rasmiy sahifalarida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, agar kimda kim yashayotgan hududida energetika sohasiga oid biror-bir qonun buzilishiga guvoh bo’lsa, bu haqda Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan maxsus Telegram-bot (@EnergonazoratBot)orqali xabar yo’llasa bo’ladi.
Buning uchun qonun buzilish holatini suratga olib, voqea sodir bo’lgan hudud manzilini Telegram-botga jo’natish kerak.
“O’z uyi, mahallasiga befarq bo’lmagan aziz vatandoshlar, jamoatchilik nazoratida faol ishtirok eting. Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilayotgan holatni o’z vaqtida aniqlashga hissa qo’shing”, deyiladi xabarda.