Hech kimga sir emaski musulmon ahlining muqaddas qarorgohi bu masjiddir. Islom dini butun dunyo bo’ylab tarqalgan, undan tashqari go’zal va betakror jome masjidlari kundan-kunga dunyo bo’ylab ko’payib bormoqda.
MAKKADAGI AL-XAROM MASJIDI – SAUDIYa ARABISTON
Makkadagi Al-Xarom masjidi muqaddas Ka’ba atrofiga qurilgan. U Islom olamining eng asosiy va bosh masjidi hisoblanadi. Musulmonlarning muqaddas qarorgohining umumiy maydoni 4008000k.m. Masjid Haj safarida 4 millionga yaqin ziyoratchilarni qabul qilishga mo’ljallangan. Masjid 9ta minora bilan o’ralgan bo’lib, har birining balandligi 95m. Albatta Makka shahridagi masjid har bir musulmon uchun eng muqaddas, go’zal qarorgoh hisoblanadi. Makkani ziyorat qilib, u yerda Ollohga sajda qilish mo’min-musulmon uchun katta orzulardan va niyatlardan biridir.
NOSIR AL-MOLK JOME MASJIDI – ERON, ShIROZ
Bu masjid 19 asrda Xo’ja Mirza Xasan Alixon Nosir-al Molk tomonidan Shiroz markaziy ko’chasida qurdirilgan. Masjid Erondagi eng mashhur va ko’p suratga olinadigan maskanlardan biri hisoblanadi. Nosir al-Molk tashqarisidan Eronning boshqa masjidlardan hech ham farq qilmaydi. Uning betakrorligi interyerida bo’lib, devorlari rangli shisha bo’laklari va mozaikalar bilan bezatilgan. Vitrajli oynalardan quyosh o’z nurini sochganda esa inshoot turli ranglar jilosi bilan to’lib ketadi va masjid betakror tusga va ko’rinishga ega bo’ladi. Barcha ranglar ichida pushti rang o’zgacha kasb etganligi bois, uning ikkinchi nomi «Pushti masjid».
NIZOMIY MASJIDI – YOXANNESBURG, JANUBIY AFRIKA
Masjid Yoxannesburgning shimoliy qismida joylashgan. Inshoot 4ta minoradan iborat bo’lib, har biri 55 metrni tashkil qiladi. Masjidning qurilish ishlari 2009 yilda boshlangan. Majmua Usmoniylar arxitekturasi uslubida qurilgan. Rasmiy ochilishi esa 2012 yilning 4 oktyabrida JAR prezidenti ishtirokida bo’lib o’tgan. Nizomiy majmuasi o’z ichiga masjid, maktab, shifoxona va savdo markazini oladi.
SULTON QOBUS MASJIDI – MUSKAT, OMON
Sulton Qobus masjidining rasmiy ochilishi 2001 yilda bo’lib o’tgan. Majmua maydoni 416000 kvadrat metr bo’lib, qurilish ishlarida 300 000 tonna qumtosh ishlatilgan. Masjidning asosiy namozxonasi 6500 kishiga mo’ljallangan.
ShAYX ZAYD MASJIDI – ABU-DABI, BAA
Inshoot dunyodagi eng katta oltita masjidlardan biri. Birlashgan Arab Amirligining poytaxti Abu-Dabida joylashgan. Masjid, uning asoschisi va BAA birinchi prezidenti Zayd ibn Sulton an-Naxayana shayx sharafi bilan nomlangan. Qurilish ishlari 1996 yilda boshlangan bo’lib, masjidning rasmiy ochilishi 2007 yilning Ramazon oyida bo’lgan. Majmuaga bir vaqtning o’zida 40000ta namozxon sig’ishi mumkin. Asosiy namozxona 7000ta ibodatchiga mo’ljallangan. Uning yonida joylashgan ikkita zalning har biri esa 1500 kishiga moslashtirilgan. Ikki xona ham ayollarning iboditi uchun. Masjid poklik ramzi bo’lgan oq marmardan qurilgan. Bu esa o’z o’rnida masjidning go’zalligini va betakrorligini oshiradi. Shayx Zayd oq rangni tanlashiga sabab insonlar qalbida poklik va tinchlik hissini uyg’otish bo’lgan. Masjidga shuningdek, dunyodagi eng katta gilam solingan. Bu gilamni bir yil davomida 1000ta to’quvchi to’qigan.